13:05 / 19.12.2019
5 251

Farg‘ona viloyatida elektromobillar ishlab chiqarish qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida elektromobillar ishlab chiqarish qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
2020 — 2022 yillarda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, «Shaffof omadli sanoat» MCHJ tomonidan elektromobil ishlab chiqarishni tashkil etish muddati 2022 yilning 1 oktabr kuni etib belgilandi.

Zavod quvvati yiliga 2 ming dona elektromobil bo‘ladi. Loyihaning umumiy qiymati - 40 mln dollar, jumladan, 24 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobidan. Hujjatga ko‘ra, elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish natijasida 300ta ish o‘rni yaratiladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ishlab chiqariladigan ekologik toza elektromobillar narxi 3 ming dollar atrofida bo‘ladi. Ular neft mahsulotlari cheklangan sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Farg‘ona viloyatida elektromobillar ishlab chiqarish qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi