date

Hande Erchelni hibsga olish bo‘yicha order chiqarildi

Hande Erchelni hibsga olish bo‘yicha order chiqarildi

Istanbul Respublika Bosh prokuraturasi tomonidan giyohvandlikka oid ish doirasida turkiyalik mashhur aktrisa Hande Erchelni qo‘lga olish uchun order berildi. Bu haqda 25 mart kuni “Cumhuriyet” nashri xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, hibsga olish haqidagi qaror qabul qilingan paytda Hande Londonda bo‘lgan. Ayni vaqtda u sevgilisi Onur Guvenatam bilan birga holat yuzasidan izoh berish maqsadida Turkiyaga qaytib kelmoqda. Aktrisa o‘zining Instagram sahifasida bergan dastlabki bayonotida ta’lim olish sababli xorijda bo‘lib turganini ta’kidlagan.

“Ta’lim tufayli qariyb bir oydan beri chet eldaman. Kecha kechqurun sizlar kabi men ham ommaviy axborot vositalari orqali bu vaziyatdan xabar topdim. Holatga aniqlik kiritish uchun qaytib, zarur tushuntirishlar beraman. Men o‘z yurtini sevuvchi, davlat va Turkiya adliya tizimiga ishonadigan insonman. Yaqin vaqt ichida barcha masala hal bo‘lishiga ishonaman”, deya ma’lum qilgan u.

Istanbulda olib borilayotgan tergov ishlari doirasida jami 16 nafar shaxsga nisbatan shunday qaror qabul qilingan. Hozirga qadar ulardan 14 nafari hibsga olingani aytilmoqda. Ushbu qaror mashhur biznes va jamoat arboblariga ham taalluqli bo‘lib, ular orasida Hoqon Sabanji va uning ukasi Karim Sabanji, shuningdek, “Galatasaroy” klubining sobiq rahbari Burak Olmos, “Beshiktosh”ning sobiq prezidenti Fikrat O‘rmon, sobiq model Guzide Duran hamda model Didem Soydan kabi taniqli shaxslar bor.

Qayd etilishicha, Hande Erchel va Hoqon Sabanji o‘rtasidagi uch yillik ishqiy munosabat 2025 yil avgust oyida yakunlangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Hande Erchelni hibsga olish bo‘yicha order chiqarildi