«SamAuto» birinchi «ISUZU D-Max» pikaplarini sotuvga chiqardi

  • 27 yanvar 2020, 13:00
  • 3 533
  • Avto
  • «SamAuto» birinchi «ISUZU D-Max» pikaplarini sotuvga chiqardi
    Foto: «SamAuto»
    2020 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda birinchi «ISUZU D-Max» pikaplari sotuvi boshlandi. «SamAuto» yangi avtomobillari lineykasi taqdimoti 2019 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

    2020 yil 27 yanvar, Toshkent shahri– 2019 yilning noyabr oyida «SamAuto» kompaniyasi tomonidan «ISUZU D-Max» pikaplari taqdimoti o‘tkazildi va oldindan buyurtmaning ochilishi haqida e’lon qilindi. Avtomobillar 3 ta modifikatsiya va 7 ta rangda taqdim etilgan bo‘lib, narxi 270 milliondan 380 milliongacha so‘mni tashkil etadi.

    Joriy yilning 20 yanvaridan 24 yanvariga qadar «SamAuto» zavodi yangi avtomobillarni birinchi marta yuklab jo‘natdi. Birinchi turkum 9 ta pikapdan iborat. Xaridorlar avtomobilning ikki qatorli kabina, 4 ta yo‘lovchilar o‘rindig‘i, hajmi 3 litrlik dvigatel va avtomatik uzatish qutisi bilan jihozlangan «D-MAX IRBISi» modifikatsiyasini afzal ko‘rdilar. «D-MAX IRBISi»ning yuk ko‘tarish qobiliyati 865 kilogrammni tashkil etadi.

    O‘zbekistonda pikaplar realizatsiyasi bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida joylashgan 8 ta dilerlik markazlari shug‘ullanmoqda.

    » » «SamAuto» birinchi «ISUZU D-Max» pikaplarini sotuvga chiqardi