date

Davron Kabulov qarz haqida ochiq gapirdi (video)

Davron Kabulov qarz haqida ochiq gapirdi (video)

Davron Kabulov “Million” jamoasi sardori sifatida tanilgan bo‘lib, u qarz munosabatlari haqida ochiq fikr bildirdi. U bu boradagi qarashlarini "IntervyuTV" ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Suhbat davomida boshlovchi undan qarz berish va qarz olish odatlari haqida so‘ragan. Savolga javoban Davron Kabulov ham qarz olishini va boshqalarga ham qarz berishini tan oldi. Biroq u bu masalada ehtiyotkorlik muhimligini ta’kidladi.

“Men ham qarz olaman, ham qarz beraman. Lekin har kimga ham qarz bermayman va har kimdan ham qarz so‘ramayman. O‘zim ishonadigan 4–5 ta yaqin insonim bor. Aynan ular bilan o‘zaro ishonch asosida qarz munosabatlarimiz mavjud,” — dedi u.

Uning aytishicha, ba’zida qarz bergan insonlardan pulini qaytarib olish uchun hatto ortidan yurishga ham to‘g‘ri kelgan. Shu sababli u ishonchni yo‘qotgan vaziyatlarda qayta qarz bermaslik to‘g‘ri qaror ekanini bildiradi.

“Eng yaxshisi, noqulay bo‘lsa ham, yo‘q deb aytish kerak. Qarz munosabatlarni buzadi, deb o‘ylayman,” — deya qo‘shimcha qildi u.

Davron Kabulov, hissiyotga berilib qarz so‘ragan har kimga qarz berish to‘g‘ri emasligini ham ta’kidladi. Uning fikricha, bu borada qat’iy bo‘lish va o‘z chegarasini belgilash muhim.

Ushbu fikrlar ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilinib, ko‘pchilik foydalanuvchilar uning qarashlarini qo‘llab-quvvatladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Davron Kabulov qarz haqida ochiq gapirdi (video)