Foto: «Ladbible.com»
Xalqaro ekoharakatning eng yosh va eng faol a’zosi, shvetsiyalik Greta Tunberg yaqinda Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasida qilgan chiqishi bilan yana bir marta tilga tushgandi.
Chindan ham ma’ruza ancha ta’sirli chiqdiki, e’tiroflar, munosabatlar oz bo‘lmadi.
Masalan, RF prezidenti Vladimir Putin Tunbergning ma’ruzasidan hayratga tushmaganini ta’kidladi, qaytanga «tabiatni muhofaza qilish» bahonasida pul ishlash niyatida bolalardan foydalanishni tanqid qildi. Rus siyosatchisi Gretaning juda yaxshi va samimiy qizligiga aslo shubha qilmasligini, biroq zamonaviy dunyomiz nechog‘liq murakkab va xilma-xilliklarga boyligini bu qizga hech kim tushuntirmagan ko‘rinadi, deya pisanda qilib o‘tgandi.
Putining gaplari «o‘tib ketdi», shekilli, Greta «Twitter»i profilidagi tavsifni o‘zgartirib qo‘ydi. Ilgari AQSh prezidenti Donald Trampning Greta haqidagi so‘zlari turardi: «Porloq va ajoyib kelajakdan rohat oluvchi juda baxtli qiz».
Endi buning o‘rnida quyidagi jumlalarni o‘qiymiz: «Yaxshi, biroq ko‘p narsadan bexabar qiz».
Greta Tunberg shunchalik mashhur bo‘lib ketdiki, uni prezidentlar ham taniydi. Hatto zamonaviy Janna d’Ark deya alqashmoqda, Nobel tinchlik mukofotiga nomzodini ko‘rasatishyapti. Gretaning o‘zi esa o‘g‘irlangan bolaligimni qaytarib beringlar deya darg‘azab. U endi 16 ga to‘ldi... “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi