Germaniya yashil texnologiya loyihasini o‘zgartirmoqda

  • 04 iyul 2015, 21:08
  • 5 323
  • Iqtisodiyot
  • Germaniya yashil texnologiya loyihasini o‘zgartirmoqda

    Ma’lumki, Evropadagi rivojlangan yirik bu mamlakatda keyingi paytda muqobil energiya manbaalaridan foydalanishga keng e’tibor qaratilayotgan edi. Nimagadir keyingi yillarda rasmiylar atom elektrostansiyalari, gaz elektrostansiyalari faoliyatini to‘xtatib, ko‘mir bilan ishlovchi issiqlik elektr stansiyalarini qurishga kirishib ketdi. Bu atrof-muhitni muhofaza qilish faollarida jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Chunki, rasmiy Berlin 2025-yilgacha atmosferaga uglekislota gazini chiqarish hajmini 40 foizga kamaytirishga va’da qilgan edi, deb yozmoqda Sharh.uz.

    Germaniya 2025-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbaalari, masalan quyosh, shamol, va suv asosida hosil qilinadigan elektr energiya ishlab chiqarish quvvatini 147,4 gigovatgacha etkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Sof energetika asosida ish yuritadigan Germaniya rasmiylari shu tariqa zaxarli gazlar chiqarish hajmini keskin kamaytirmoqchi. Mamlakatda muqobil energiya manbalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga soliq sohasida imtiyoz, qolaversa davlat tomonidan subsidiya beriladi. Federal statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili Germaniya Rossiyadan so‘nggi 9 yil ichida eng ko‘p 12,6 million tonna ko‘mir sotib olgan. Ja’mi Rossiyadan 46 million tonna toshko‘mir eksport qilindi. Hozir ham Germaniyada 20 dan ortiq ko‘mir bilan ishlovchi issiqlik elektrostansiyalari bunyod etilmoqda, yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda.

    Tan olish kerak, tabiiy gaz narxi oshishi tufayli keyingi paytda keraksiz bo‘lib qolgan ko‘mir bilan elektr energiyasi hosil qilish ko‘pchilik uchun ma’qul tushmoqda. Avstraliya, Janubiy Afrika Respublikasi va Kolumbiyadagi eksportga ixtisoslashgan ko‘mir kompaniyalari ishlab chiqarish hajmini oshirishga kirishdi. 2011 yilning 11 martida Fukusima AESida yuz bergan fojiadan so‘ng Germaniya parlamenti - Bundestagidagi Yashillar fraksiyasi bosqichma bosqich yadro energetikasidan voz kechish masalasini ilgari surdi. To‘g‘ri dastlab 9 ta eski AESlardagi 17 ta energoblok ishdan chiqarildi. Xullas, 2022 - yilga borib Germaniyada atom bilan ishlovchi birorta stansiya qolmaydi. Shunisi, hayratlanarliki, AESlar u yoqda tursin, gaz bilan ishlovchi issiqlik elektrostansiyalari ham to‘xtatilmoqda.

    2016 yilning aprelidan boshlab mamlakatdagi yirik Iy.On Energetika konserni yopilmoqda. Evropadagi eng yirik gaz elektrostansiyasi Bavariyaning Irshing shahrida joylashgan. Uni qurish uchun salkam yarim milliard evro mablag‘ sarflangan edi. Qayta tiklanuvchi energiya manbaalarining beqarorligi tufayli mamlakatda ko‘mir asosida ishlaydigan stansiyalarga murojaat qilishga majbur bo‘linmoqda. 2020 -yilga borib ko‘mir asosida quvvati 3 gigovatga teng quvvatli stansiyalar qurilishi ko‘zda tutilmoqda. Xullas, yillar o‘tib issiqlik stansiyalarida hosil qilinayotgan energiyaning 60 foizi ko‘mir bilan bog‘liq.

    Germaniya bir paytlar hozir ham yozning quyoshli kunlari va shamolli kunlari orttirib qolingan elektr energiyani qo‘shnilarga ham sotmoqda. Masalan, Chexiya doimiy ravishda nemislardan elektr energiya sotib oladi. Ayrimlar “Simens” va “Krupp” kabi yirik nemis kompaniyalari qo‘shni mamlakatlarga borib qayta tiklanadigan energiya manbaalaridan mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysa bo‘lmaydimi degan savol bilan ham yuzlanmoqda. Evropadagilar hozir ikki o‘t orasida qolgan. Bu holat albatta, 2011 - yilgi Fukusimadagi voqeaga borib taqaladi.

    Xulas, Vengriya, Finlyandiya, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya kabi mamlakatlar qimmatga tushuvchi qayta tiklanuvchi manbaini yoki bo‘lmasa atrof-muhitni ifloslantiradigan ko‘mir generasiyasini tanlashi kerak. Buyuk Britaniya 2013 - yilning kuzida Fransiya va Xitoy kompaniyalari bilan Xinkli burunida qiymati 26 milliard dollarga teng atom elektrostansiyasini bunyod etish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Mazkur inshoot 2023 - yilda foydalanishga topshiriladi. Neft va gazga boy Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni ham keyingi paytda quyosh elektrostansiyasini qurish-u, yangi-yangi AESlarni bunyod etish rejasida ekanligini ma’lum qilgan. 2011 yili Yaponiyada yuz bergan kuchli zilzila va sunamidan so‘ng kunchiqar yurtdagi barcha AESlar faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan edi, ya’ni, 48 ta atom elektrostansiyalardagi reaktorlar.

    MAGATE ma’lumotiga ko‘ra, hozir dunyo miqyosida 438 ta ishlab turuvchi atom reaktorlari mavjud. Bu dunyo miqyosida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 11 foizi demakdir. Xullas, hozir 30 ta mamlakatda atom elektrostansiyasidan foydalanilmoqda.

    Evropada atrof-muhit musaffoligini ta’minlashga zo‘r e’tibor qaratilayotgan bir paytda ayrim mamlakatlarda bu Germaniya misolida ko‘mirdan foydalanish masalasi ko‘pchilikni jiddiy tashvishga solmoqda. Yana bir ma’lumot, 2019 - yildan Evropa Ittifoqida “Zero Eneji” qurilish standarti joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, turar-joy qurishga ruxsat olgan har bir shaxs albatta o‘z uyini elektr energiya bilan ta’minlovchi muxtor qurilmani qurishi shart. Bundan tashqari Evropa Ittifoqida akkumulyator va vodorod kassetalarida harakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Ispaniya allaqachon bu sa’yi-harakatlarni boshlab yuborgan.

    Yana ko‘mir bilan ishlovchi issiqlik elektrostansiyalari faoliyatiga qaytsak. Masalan, Bavariyaning Irshing shahridagi Iy-On kompaniyasi yil davomida elektr quvvati ishlab chiqarish uchun 500 million evro mablag‘ sarflagan. Bu albatta, tabiiy gaz sharofati. Germaniyaning Svikkau shahridagi ko‘mir bilan ishlovchi elektrostansiya ma’muriyati 1 miliard 200 million evro pul ishlatgan. Shundan xulosa qilaveringki, har holda gaz bilan ishlovchi elektrostansiyalardan elektr quvvati hosil qilish ancha arzon tushadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Germaniya yashil texnologiya loyihasini o‘zgartirmoqda