Zebo Rahimova: “Raketa ovozi, portlash… Umid Eshonqulovning ahvoli yomonlashgan ”

Mashhur vayner,bloger,aktrisa Zebo Rahimova yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda partnyori Umid Eshonqulovning ruhiy holati haqida samimiy fikrlarini bo‘lishdi. Xonanda aytishicha, Dubayda qolgan davrida yuz bergan urush tahdidi va portlashlar ovozi Umidning kayfiyatiga kuchli ta’sir qilgan.
“Silaga bildirmaslikka harakat qildim… Bo‘lmadi. Ohiri etishga qaror qildim. Chunki hozir duoyila kere. Alloh duolarimiz ijobatini qaysi bandasi duosiga yashirganini bilmiman. Shunga hammala duo qilila. Kimnidir duosi shifo bo‘ladi, In shaa Allah,” – dedi Zebo Rahimova.
Xonanda so‘zlariga ko‘ra, Dubaydagi birinchi kuni raketa xavfi haqidagi xabarning ovozini eshitganlaridan keyin Umid bir qadam ham yura olmagan, ikkinchi kuni portlash, uchinchi kuni esa yaqin masofadan raketa uchib o‘tgan ovozi ularning qo‘rquvini oshirgan. Natijada Umid Eshonqulov besh kun davomida balnitsada davolangan,ahvoli og'irlashib qolganini ta'kidlab o'tdi.

Zebo Rahimova bu voqeani ochiq aytib, muxlislarini Umid va o‘zi uchun duo qilishga chaqirdi. Uning samimiy izohi muxlislar orasida katta ta’sir qildi va ko‘pchilik ularga tezda sog‘ayish va sabr tilamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!