Gulchehra Sa’dullayeva “Zaynabning Otabekni o‘pish sahnasida” qanday qiynalgani haqida so‘zlab berdi

Mashhur aktrisa Gulchehra Sa’dullayeva yaqinda “O‘tkan kunlar” serialidagi Zaynab va Otabek sahnasi haqida o‘z tajribasini ochiq aytdi. Aktrisaga sahnadagi o‘pish epizodi qanday suratga olingani haqida savol berildi.
Suhbatda so‘ralganda:
“Bitta epizod bor, Zaynab Otabekni o‘pishi kerak edi. Siz rosa qiynalgansiz, yo‘q degansiz, ‘ota-onam qarshi chiqadi’ degansiz, lekin Maryam Yoqubova nimadur deganlaridan keyin ijro etgansiz, shuni qanday qilgansiz?”
Gulchehra shunday javob berdi:
“Rashk qilib o‘ping diyishsa, o‘tirib yig‘laganman. O‘pmiman, yo‘q, yo‘q, onam bilan buvim o‘ldirib qo‘yadi, o‘pmiman deganman. Ikki soat o‘tirishgan, 40 ta odam nima qilishni bilmay, hayron qolishgan. O‘lmas aka, ‘mani aldavotti san, mani singlimsan, seni o‘limdan qutqarib qoldim’, deb aytganda ham, men yo‘q, o‘pmiman deb turvoganman. Maryam Yoqubova sekin kelib bitta narsani qulog‘imga aytganlaridan keyin, qanaqa qilib yugurib borib Otabekni bag‘riga o‘zimni otganimni bilmiy qoldim.”
Aktrisaning bu ochiq va samimiy hikoyasi muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘pchilik uning sahnaga bo‘lgan hissiy yondashuvi va dramatik tayyorgarligini yuqori baholadi. Bu sahna nafaqat serial muxlislari, balki boshqa tomoshabinlar uchun ham unutilmas lahzalardan biri bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!