date

Shahlo Salayeva Veysel Dulgerning oilasi bilan Turkiyada tanishdi

Shahlo Salayeva Veysel Dulgerning oilasi bilan Turkiyada tanishdi

Mashhur xonanda Shahlo Salayeva yaqinda Turkiyaning Trabzon shahrida turmush o‘rtog‘i Veysel Dulgerning oilasi bilan tanishdi. Bu tashrifni u syurpriz tarzida amalga oshirganini ijtimoiy tarmoqlardagi videolarida ham e’lon qildi.

Xonanda videolardan birida shunday deydi: “Mening kelishimni bilmaydi”, ya’ni oilaga kelishi kutilmagan edi. Shu bilan birga, Veysel Dulgerning oilasi Shahlo Salayevani iliq va quvnoq kayfiyat bilan kutib olgani ta’kidlanadi. Xonanda ularni o‘zini yaqin qarindosh kutib olgandek iliq qarashganini ifodaladi.

Ushbu uchrashuv nafaqat shaxsiy hayotida yangi bosqichni boshlab berdi, balki muxlislar orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Tomoshabinlar xonandaning oilaviy hayoti va Turkiya safaridagi samimiy lahzalarini yuqori baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shahlo Salayeva Veysel Dulgerning oilasi bilan Turkiyada tanishdi