Jamila G‘ofurova: «Hozirgi holatim o‘zimga yoqadi» (video)

Aktrisa Jamila G‘ofurova «Mening oshxonam» loyihasidagi suhbati davomida o‘zgargani haqidagi savolga samimiy javob berdi. Suhbat chog‘ida boshlovchi unga murojaat qilib, avvalgi sho‘x, serharakat va doimo energiyaga to‘la Jamiladan bugungi holati ancha farq qilishini ta’kidlab, buning sababini so‘radi.
Aktrisa esa bu fikrni inkor etmadi va o‘zgarishini tan oldi:
«Avvallari go‘yo oyog‘im tagida olov qaynab turardi. Lekin hozir rostini, qalbimdagini aytsam — menga bugungi holatim juda yoqadi. Hozirgi yoshim ham, kayfiyatim ham o‘zimga juda ma’qul», — dedi u.
Suhbat davomida boshlovchi ham uning fikrini qo‘llab-quvvatlab, hozirgi holati va yoshi bir-biriga juda mos kelayotganini ta’kidladi.
Jamila G‘ofurovaning bu samimiy e’tirofi muxlislarda ham qiziqish uyg‘otib, insonning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi tabiiy va qabul qilinadigan jarayon ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.