date

Otabek Mirzaxolov: “Farzandim kasallikka chalinganda hech kim ekanligimni tushundim”

Otabek Mirzaxolov: “Farzandim kasallikka chalinganda hech kim ekanligimni tushundim”

O‘zbekistonlik aktyor va qiziqchi Otabek Mirzaxolov hayotidagi sinovli lahzalardan birini ochiq aytdi. Intervyuda u shunday deydi:

“Inson sifatida qo‘lingizdan hech narsa kelmaydi, faqat oq xalat kiygan shifokorlarni, farzandingiz hayot uchun kurashayotganini uzoqdan kuzatishdan boshqa ish qila olmaysiz. Bugungacha artistmiz deb, sahnaga kirsak ishimiz bitadi, uyga kirsak ishimiz bitadi, deb o‘ylardim. Aslida inson hechkim emasligini tushunib yetdim.”

Otabekning bu samimiy so‘zlari ko‘pchilik muxlislarida chuqur ta’sir qoldirdi. Aktyor farzandi kasallik bilan kurashayotgan paytda o‘zini kuchsiz his qilganini, inson sifatida cheklanganligini ochiq tan olgan. Bu holat, shuningdek, artist hayotining sahna ortidagi og‘ir tomonlarini ham ko‘rsatib beradi.

Intervyu Otabek Mirzaxolovning shaxsiy hayoti va inson sifatidagi haqiqatlar bilan yuzlashishini yaqqol namoyon etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Otabek Mirzaxolov: “Farzandim kasallikka chalinganda hech kim ekanligimni tushundim”