Olimlar energetik ichimliklarning zarari haqida ogohlantirdilar

  • 01 may 2017, 22:52
  • 6 304
  • Jamiyat
  • Olimlar energetik ichimliklarning zarari haqida ogohlantirdilar
    AQShlik tadqiqotchilar guruhi energetik ichimliklar tarkibida kofein moddasi bo‘lgan boshqa ichimliklardan ko‘p marotaba xavfli ekanini aniqladilar. Bu haqda Amerika kardiologiya uyushmasi xabar berdi deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

    Mutaxassislar energetik ichimliklar yurakdagi QT intervali (yurakning elektrik sistolasi)ni o‘rtacha 2 soatda 10 millisoniyaga oshiradi, degan xulosaga keldilar.

    “Agar millisoniyalarda o‘lchanadigan ushbu vaqt oralig‘i haddan tashqari uzun yoki kalta bo‘lsa, yurak urushida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bu esa o‘z navbatida hayot uchun xavfli bo‘lgan aritmiyaga olib kelishi mumkin”, deb ta’kidladi olimlar.

    Tadqiqot mualliflari ko‘ngillilar guruhini kuzatishlari natijasida shunday xulosaga keldilar va energetik ichimliklarni ichishda ehtiyot bo‘lish kerakligi haqida ogohlantirdilar.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Olimlar energetik ichimliklarning zarari haqida ogohlantirdilar