Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Eronga qarshi amaliyotga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda

The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud o‘z mamlakatining harbiy salohiyatini tiklash va Eronga qarshi amaliyotga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Nashr manbalariga ko‘ra, qirollikning bu urushga kirishi faqat vaqt masalasi sifatida baholanmoqda.
Shu bilan birga, Birlashgan Arab Amirliklari Eronga tegishli aktivlarni muzlatish choralarini amalga oshirishni boshladi, bu esa Tehrondagi hukmron rejimni qo‘llab-quvvatlash manbalariga xavf tug‘diradi. Hozirda BAAda ushbu mojaroda ishtirok etishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha muhokamalar olib borilmoqda.
Maqolada ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistoni va BAA Eronning harbiy salohiyatining bir qismini saqlab qolishga imkon beradigan sulhga yo‘l qo‘ymaslikni ham maqsad qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!