07:30 / 08.12.2019
3 963

Rep-qo‘shiqchi Shohruh o‘z nomzodini deputatlikka qo‘ydi

Rep-qo‘shiqchi Shohruh o‘z nomzodini deputatlikka qo‘ydi
Taniqli o‘zbek rep-qo‘shiqchi Shohruh Shadmanov 9-saylov okrugi bo‘yicha Xalq deputatlari Chilonzor tuman kengashi deputatligiga o‘z nomzodini qo‘ydi.

Bu haqda xonanda o‘zining Instagramdagi sahifasi orqali ma’lum qildi va unga topshirilgan guvohnoma suratini xabarga ilova tarzida joylashtirdi.

Aziz yurtdoshlar! Sizlarga ma’lumki, men musiqa bilan hobbi sifatida shug‘ullanganman, lekin hayot faqat qo‘shiqlardan iborat emas. Men ham yurtimizning rivojiga hissa qo‘shmoqchiman. Bu borada sizlarning fikringiz qanday?” - deb yozgan xonanda postida.

Qoldirilgan ushbu xabar ostida hamkasblari va muxlislari Shohruhni tabriklab, unga omad tilashmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rep-qo‘shiqchi Shohruh o‘z nomzodini deputatlikka qo‘ydi