11 931
Sh.Mirziyoyev eng kam ish haqi, pensiya va stipendiya miqdorini oshirishni va’da bergan edi…
Shavkat Mirziyoyevning Konstitusiyamizning 24 yilligi tantanali marosimdagi ma’ruzasida eng kam ish haqi miqdorini va pensiya, nafaqa va stipendiyalarni oshirish haqida so‘z yuritdi. Sh. Mirziyoyev ushbu masalani saylov oldi dasturida ham ta’kidlab o‘tgan edi. Navbatdagi ma’ruzada u bu ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishini va bu reja e’tibor markazida bo‘lishini aytdi.
Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir.
Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalari ham bu ishga yanada faol jalb etilishi kerak.
Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim.
Shu maqsadda yaqinda tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘z mablag‘larini va xorijiy sarmoyalarni xalqaro standartlarga mos keladigan infratuzilmalarni rivojlantirishga yo‘naltirishi zarur. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Germaniyada Alisher Usmonov mulkidagi noqonuniy tintuvlari tufayli jinoiy ish ochildi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Rossiyada «Krokus»dagi teraktni qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi