O‘zbekistonda harorat 28 darajagacha ko‘tariladi

O‘zgidromet joriy yilning 21-23 mart kunlari kuzatiladigan ob-havo taxminlarini e’lon qildi.
Shu xabarga ko‘ra, 21 mart kuni mamlakat hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz, ochiq ob-havo kutilmoqda, faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimol qilinmoqda. Havo harorati 20-25 daraja iliqqa ko‘tariladi.
23-24 mart kunlari respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir kuzatiladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 20-25 daraja iliq, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa 28 daraja iliqqa yetishi mumkin. Harorat asosan kechqurunlari 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li va tog‘oldi hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimol qilinmoqda.
Toshkentda 23-24 mart kunlari vaqt-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir kuzatiladi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Kunduzi harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Toshkentda 23-24 mart kunlari vaqt-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir kuzatiladi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Kunduzi harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing