15:59 / 05.08.2017
5 164

Fotofakt: PSJ Neymarni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirdi

Fotofakt: PSJ Neymarni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirdi
Avvalroq Braziliyalik hujumchi Neymarning “Barselona”dan PSJga o‘tgani haqida xabar bergandik.

Kecha, 4 avgust kuni Fransiyaning PSJ jamoasi Neymarni “Barselona”dan rasman 222 million evro evaziga sotib olganini tasdiqladi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Futbolchining tanishtiruv marosimi PSJning uy stadioni hisoblanmish, “Park de Prens”da bo‘lib o‘tdi.

Braziliyalik hujumchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va rasman PSJ rahbariyati Neymarni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirdi.

Bugun, 5 avgust kuni internet tarmog‘ida Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning sobiq klubi “Barselona”ga PSJ tomonidan transfer uchun to‘langan chekining fotosurati e’lon qilindi.

Societe Generale banki chekida braziliyalik futbolchining transferi uchun 222 mln evro miqdoridagi summa ko‘rsatilgan.

Neymarning transferi eng qimmat bo‘lish bobida “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaning rekordini yangiladi. Pogba o‘tgan yilning yozida 105 million evro evaziga Italiyaning “Yuventus” klubidan “Manchester Yunayted”ga o‘tgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fotofakt: PSJ Neymarni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirdi