Bugun, 6 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida futbol bo‘yicha 2018 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosim “JW Marriot” mehmonxonasida o‘tkazildi.
O‘zbekiston chempioni va mamlakat Kubogi sohibi “Lokomotiv” klubi G‘arb mintaqasi “B” guruhidan joy oldi.
Jamoa guruh bosqichida “Duhayl” (Qatar), “Al-Vahda” (BAA) hamda “Zobahan” (Eron) / “Aizavl” (Hindiston) juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.
Shuningdek, O‘zbekistonning yana ikkita klubi – 2017 yilgi chempionatning kumush medal sovrindori “Nasaf” va bronza medali egasi “Paxtakor” guruh bosqichiga chiqish uchun 30 yanvar kuni pley-off bosqichida o‘ynaydi.
OChL–2018 turniri
Saralashning pley-off bosqichi .
30 yanvar, seshanba.
“Nasaf” (O‘zbekiston) – “Al-Faysali” (Iordaniya).
“Al-Garafa” (Qatar) – “Paxtakor” (O‘zbekiston ).
“Nasaf” pley-off o‘yinida g‘alaba qozonsa, “C” guruhidan joy oladi va “Persepolis” (Eron), “Al-Sadd” (Qatar), “Al-Vasl” (BAA) klublari bilan raqobatlashadi.
“Paxtakor” muvaffaqiyatga erishsa, “A” guruhiga yo‘l oladi hamda “Al-Jazira” (BAA), “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) va “Traktorsozi” (Eron) jamoalari bilan kuch sinashadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi