Italiyaning "Milan" klubi qatarlik futbolchiga qiziqmoqda

  • 04 fevral 2019, 00:30
  • 1 946
  • Sport
  • Italiyaning "Milan" klubi qatarlik futbolchiga qiziqmoqda
    Italiyaning "Milan" klubi BAA yashil maydonlarida o‘tgan Osiyo kubogida yangi iste’dodlarni qidirish uchun o‘z skautlarini yuborgan.
    Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "rossonerilar"da qatarlik hujumchi Almoyez Alining harakatlari iliq taassurot qoldirgan.

    Ma’lumot uchun, 22 yoshli forvard 9 ta gol bilan mazkur Osiyo kubogi musobaqasining "Eng yaxshi to‘purar"i va "Eng yaxshi futbolchi"si bo‘ldi.

    » » Italiyaning "Milan" klubi qatarlik futbolchiga qiziqmoqda