10:56 / 14.12.2019
3 180

Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev 14 dekabr, shanba kuni AQShda bo‘lib o‘tgan boks kechasida Von Aleksanderga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang to‘liq o‘n raund davom etdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi hakamlar qaroriga ko‘ra bir ovozdan (100:90, 100:90, 100:90) g‘olib deb topildi.

Shu tariqa Meliqo‘ziyev WBA Continental Americas chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Bu prof boksdagi to‘rtinchi janggini o‘tkazgan Bektemir uchun to‘rtinchi g‘alaba bo‘ldi. Meliqo‘ziyev bundan avvalgi uchta jangni nokaut bilan yakunlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi