Abduqodir Husanov podkatlar bo‘yicha APL himoyachilari orasida yetakchi

Angliya Premer-ligasida to‘p surayotgan markaziy himoyachilar o‘rtasida eng samarali “podkat” ko‘rsatkichlari e’lon qilindi va ushbu reytingda Abduqodir Husanov peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.
"Manchester Siti" safida o‘ynayotgan 22 yoshli himoyachi har bir o‘yinga o‘rtacha 1.12 ta muvaffaqiyatli podkat amalga oshirib, raqiblardan to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha ligada eng yuqori natijani qayd etmoqda. Bu ko‘rsatkich uni APLdagi barcha markaziy himoyachilar orasida yetakchiga aylantirdi.
Reytingda ikkinchi pog‘onani Kristoffer Ayer (0.96) egallab turgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda Kristian Romero (0.94) joy olgan. Shuningdek, ro‘yxatda Trevo Chaloba, Markos Senesi va Mikki van de Ven kabi kuchli himoyachilar ham bor.

Bu natija Husanovning himoyadagi ishonchli o‘yini va jamoa uchun qanchalik muhim figuraga aylanganini yana bir bor isbotlaydi. U faqat to‘pni tortib olish bilan cheklanmay, balki o‘yinni o‘qish, pozitsiya tanlash va tez qaror qabul qilishda ham yuqori darajani namoyon etmoqda.
Ayni vaqtda futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan “FIFA Series-2026” musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning hozirgi formasi saqlanib qolsa, yaqin kelajakda u nafaqat klub, balki milliy jamoada ham yetakchi figuralardan biriga aylanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!