date

Arsen Venger Husanovni maqtab qo‘yib, uning muxlislarini o‘yg‘otib yubordi

Arsen Venger Husanovni maqtab qo‘yib, uning muxlislarini o‘yg‘otib yubordi

Jahon futbolida o‘chmas iz qoldirgan mashhur murabbiy Arsen Venger O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov haqida iliq va yuqori baholarini bildirdi.

Tajribali mutaxassisning fikricha, Husanov kabi futbolchilar har qanday murabbiy uchun juda qimmatli:

— “Bunday o‘yinchilar ortiqcha harakat qilmaydi, barcha e’tiborini himoyaga qaratadi. Abduqodir kelganidan beri APLda atigi 3 marta aldab o‘tilgan. Bu uning intizomi va o‘yinga jiddiy yondashuvini ko‘rsatadi”, — dedi Arsen Venger.

Ushbu e’tirof nafaqat mutaxassislar, balki muxlislar orasida ham katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Siti” muxlislari va futbol ishqibozlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikrlarini faol bildirishni boshladi.

Ko‘plab fanatlar Husanovning kelajagiga katta ishonch bildirmoqda. Ayrimlar uni “jahonning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanadi” deya baholasa, boshqalar uning yosh bo‘lishiga qaramay, katta iqtidor egasi ekanini ta’kidlamoqda.

Ayrim muxlislar hatto raqib jamoa tarafdori bo‘lsa-da, o‘zbek himoyachisining salohiyatini tan olishga majbur bo‘lganini yashirmadi. Ular Husanovni “qoyadek mustahkam”, “raqiblar uchun haqiqiy muammo” va “jamoaning kelajak ustuni” sifatida ta’riflashmoqda.

Ezbe Ong‘ayo:

Arsen Vengerning e’tirof etishi o‘zi katta gap va yutuq.

Denno Dennis:

Husanov raqiblar kushandasi.

Kijanaa Wa Kizombie:

Husanov Manchesterning faxriga aylandi.

Shadrack Oming‘o:

Men aslida “Liverpul” muxlisiman. Lekin Husanov haqiqiy talant ekanini tan olaman.

Shu tariqa, Abduqodir Husanov nafaqat murabbiylar, balki xalqaro maydondagi muxlislar e’tiborini ham o‘ziga qarata oldi. Bu esa uning kelajakda yanada katta yutuqlarga erishishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsen Venger Husanovni maqtab qo‘yib, uning muxlislarini o‘yg‘otib yubordi