Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 28 yanvar 2020, 20:05
  • 763
  • Sport
  • Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
    Foto: Twitter
    Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (4-0, 3 KO) 14 fevral kuni AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

    Meliqo‘ziyevga ushbu jangda meksikalik tajribali bokschi Marko Antonio Periban (25-5-1, 16 KO) raqiblik qiladi. Bektemir mazkur jangda o‘zining WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi.

    Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik bokschi o‘zining so‘nggi jangini 2019 yil, 13 dekabrida o‘tkazib, unda amerikalik Aleksander Vonni (15-4, 9 KO) mag‘lub etgandi.

    » » Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi