Barcelona Luis Diazni o'tkazib yuborganidan afsuslandi

Ispaniya chempioni "Barcelona" o'tgan yozda amalga oshmay qolgan transferdan afsus bilan ortga qarayotgani aytilmoqda. The Touchline xabariga ko'ra, Kataloniya klubidagilar Luis Diasni transfer qila olganlarida, ularning hujumi jahon futbolidagi eng yaxshisiga aylanishi mumkin edi, deb hisoblamoqda.
Aytilishicha, Dias sport direktori Deko uchun asosiy hujumkor nishonlardan biri bo'lgan, u kolumbiyalik qanot hujumchisini old chiziqqa ko'proq tezlik, ijodkorlik va yakunlash kuchini qo'shish uchun ideal variant deb ko'rgan. Biroq, "Barcelona" davom etayotgan moliyaviy muammolari sabab bu transferni yakunlay olmadi.
Ispaniya jamoasiga qo'shilish o'rniga, Dias o'tgan yil iyul oyi oxirida "Liverpool"dan ketib, Bundesliga chempioni "Bavariya"ga ko'chib o'tdi. O'sha paytdagi OAV xabarlarida kelishuv qiymati taxminan 70 million yevroga teng ekani aytilgandi.
Hujumchi bu mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatib, nega unga talab shunchalik yuqori bo'lganini namoyish etdi. 36 ta uchrashuvda Dias 20 ta gol urdi va 17 ta assist amalga oshirdi, bu ko'rsatkichlar "Barcelona" ichidagi ular tarkibni kuchaytirish uchun katta imkoniyatni qo'ldan boy bergani haqidagi tuyg'uni yanada kuchaytirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!