O‘zbekistonda sovuq havo qanchagacha davom etishi ma’lum qilindi

Haftaning o‘rtalaridan boshlab sovuq havo oqimi ortga chekinadi va ish haftasining so‘nggi kunlariga borib kunduzgi harorat 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi. 11 mart, chorshanba kuni kechasi havo harorati asosan 1-3 daraja sovuq, ayrim joylarda 0-5 daraja sovuq, respublika shimolida esa 7-10 daraja sovuq bo‘ladi. 12 mart, payshanba kuni kechasi sovuq saqlanadi, kunduzdan boshlab harorat ko‘tarila boshlaydi va yog‘ingarchilik kutilmaydi.
O‘zbekistonda haftaning o‘rtalaridan boshlab sovuq havo oqimi asta-sekin ortga chekinadi. Bu haqda “O‘zgidromet” taqdim etgan prognozda ma’lum qilingan.
11 mart, chorshanba kuni hududning katta qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi 1-3 daraja sovuqqacha, ayrim joylarda esa 0-5 daraja sovuqqacha tushadi. Kunduz kuni esa 0-5 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Respublika shimolida harorat kechasi 7-10 daraja sovuq, kunduzi esa 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Shu bilan birga, ayrim hududlarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa ba’zan 22-25 metr/sekundgacha yetishi mumkin.
10—11 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Tog‘li joylarda esa qor ko‘chishi xavfi saqlanib turibdi.
12 mart, payshanba kuni kechasi sovuq hali saqlanib turadi. Biroq kunduzdan boshlab sovuq havo massasi respublika hududidan chekina boshlaydi. Havo harorati bosqichma-bosqich ko‘tarilib, ish haftasining so‘nggi kunlariga borib kunduzi 10-15 daraja iliqqacha yetadi. Shu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ayrim joylarda tuman tushishi ham mumkin.






























Izohlar 0
…