date

Shomurodov "Galatasaroy"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Shomurodov "Galatasaroy"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Turkiya Superligasining 26-turidan o‘rin olgan asosiy bahsda "Galatasaroy" o‘z maydonida "Bashakshehir"ni qabul qiladi. Mavsum davomida Nuri Shaxin boshchiligida yaxshi natijalar qayd etayotgan "Bashakshehir" bu bahsda ochko olish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishi kutilmoqda.

Fanatik nashri jamoalarning ehtimoliy tarkiblarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik yulduzlarimiz Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev asosiy tarkibdan maydonga tushishi va uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlashi mumkin.

"Galatasaroy" ehtimoliy tarkibi: Ugurjon, Sallai, Singo, Sanches, Yakobs, Torreyra, Lemina, Barish Alper, Sara, Lang, Osimxen.

"Bashakshehir" ehtimoliy tarkibi: Muhammed, Berat, Opoku, Duarte, Umut Gyunesh, Omer Ali, Yusuf Sari, Fayzullayev, Brnich, Shomurodov, Zelke.

Mavsumning bu muhim bellashuvi muxlislar uchun nafaqat qizniqarli, balki strategik ahamiyatga ega bo‘lib, har ikki jamoa chempionatdagi mavqeini mustahkamlash uchun barcha harakatlarini maydonga olib chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00’da boshlanadi.

Futbol muxlislari uchun bu turk jamoalari orasidagi bahs haqiqiy drama va kurashlar bilan yodda qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shomurodov "Galatasaroy"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadimi?