Uchar nomli yangi messenjer sinovdan o‘tkazilmoqda

  • 13 iyun 2016, 15:32
  • 5 040
  • Texnologiya
  • Uchar nomli yangi messenjer sinovdan o‘tkazilmoqda

    Tas-IX tarmog‘ida faoliyat yurituvchi Uchar messenjeri sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda rasman ma’lum qilinmagan bo‘lsa-da, lekin www.uchar.uz veb sayti ishlab turibdi va messenjerni yuklab olish imkoni mavjud.

    Hozircha dastur orqali faqat matnli xabarlarni yuborish mumkin. Fayllar almashish va kontaktlarni avtomatik tarzda yuklash funksiyalari ishlab chiqish jarayonida. Netnews.uz sayti yozishicha, Rejada audio va video qo‘ng‘iroq imkoniyatlarini joriy qilish kutilmoqda.

    Saytdagi ma’lumotlarga ko‘ra messenjerning windows va android platformalari uchun mo‘ljallangan talqini ishchi holatida.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Uchar nomli yangi messenjer sinovdan o‘tkazilmoqda