date

Facebook blogerlar uchun pul to'lashni boshladi

Facebook blogerlar uchun pul to'lashni boshladi

Facebook TikTok va YouTube kabi raqib platformalardagi mashhur ijodkorlarni jalb qilish uchun Creator Fast Track nomli yangi monetizatsiya dasturini joriy qildi. TechCrunch xabar qilgan tafsilotlarga ko'ra, kompaniya ijodkorlarga Facebook'da tezroq auditoriya yig'ishga yordam berish uchun kafolatlangan to'lovlar va qo'shimcha tarqatishni taklif qilmoqda. Bu haqda 3dnews.ru xabar beradi.

Dasturga ko'ra, Instagram, TikTok yoki YouTube'da kamida 100 ming kuzatuvchiga ega ijodkorlar oyiga 1 ming dollar olishi mumkin. Ushbu platformalarning istalgan birida 1 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega bo'lganlar dastlabki uch oy davomida oyiga 3 ming dollar olish huquqiga ega bo'ladi. Ishtirokchilar Facebook uchun eksklyuziv kontent tayyorlashi shart emas, chunki yangi postlar ham, avval yaxshi natija ko'rsatgan materiallar ham ishlatilishi mumkin.

Facebook aytishicha, bu tashabbus yangi platformaga qo'shilayotgan ijodkorlar uchun keng tarqalgan muammoni, ya'ni hammasini noldan boshlash zaruratini hal qilishga qaratilgan. Kompaniya ishtirokchi akkauntlarning qamrovini dastlabki bonus muddati tugaganidan keyin ham, ular o'z auditoriyasini shakllantirib olgunicha oshirishda davom etishini bildirdi. A'zolar, shuningdek, odatdagi kuzatuvchilar chegarasiga yetmasdan turib, Facebook monetizatsiya vositalaridan darhol foydalanish imkoniga ega bo'ladi.

Ishga tushirish bilan birga Facebook ijodkorlar iqtisodiyotiga oid kengroq ma'lumotlarni ham ulashdi va 2025 yilda ijodkorlarga to'langan umumiy mablag' qariyb 3 milliard dollarga yetganini, bu esa bir yil avvalgiga nisbatan 35 foizga ko'p ekanini bildirdi. Ushbu summaning qariyb 60 foizi Reels hissasiga to'g'ri kelgan. Kompaniya, shuningdek, ijodkorlarga kontenti qanday daromad keltirayotganini aniqroq ko'rsatish uchun qualified views, earnings rate va non-qualified views kabi yangi daromad ko'rsatkichlarini ham qo'shmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Facebook blogerlar uchun pul to'lashni boshladi