LG firmasi Apple Macbook uchun 5K aniqligidagi monitor tayyorladi

  • 28 oktyabr 2016, 22:53
  • 4 276
  • Texnologiya
  • LG firmasi Apple Macbook uchun 5K aniqligidagi monitor tayyorladi

    Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi LG UltraFine 5K va UltraFine 4K monitorlarini tayyorladi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, mazkur monitorlar Apple MacBook va MacBook Pro noutbuklariga qo‘shimcha sifatida yaratilgan.

    Terabayt saytida yozilishicha, LG UltraFine 5K modeli 27 dyuymli 5120 x 2880 piksel aniqligidagi IPS displey bilan jihozlanadi. Ekranning har bir dyuymida 218 ta piksel joylangan. Portlardan Thunderbolt 3 va uchta USB 3.1 Type-C ko‘zda tutilgan. Monitor MacOS dasturi bilan integrasiyalangan bo‘lib, undagi yorqinlik va tovush darajasini bevosita noutbukdan boshqarish mumkin.

    UltraFine 4K monitoriga esa 21 dyuymli 4K aniqlikdagi (4096 x 2304 piksel) IPS ekran o‘rnatilgan. Dyuymdagi piksellar sig‘imi 219 ta. MacBook’ka ulanish uchun ajratilgan USB Type-C porti va periferiya uchun uchta USB 2 Type-C portlariga ega.

    LG UltraFine 5K modeli $1299, UltraFine 4K monitori esa $699 narxida noyabr oxirida sotuvga chiqariladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » LG firmasi Apple Macbook uchun 5K aniqligidagi monitor tayyorladi