06:27 / 06.02.2017
6 743

O‘zbekiston provayderlari uchun internet xizmatlari tarifi arzonlashtirildi

O‘zbekiston provayderlari uchun internet xizmatlari tarifi arzonlashtirildi

«O‘zbektelekom» kompaniyasi 2 fevraldan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet xizmatlari tarifi 1 Mbit/sekund uchun 86,11 dollarga tushirdi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Bu yilning o‘zida tariflar to‘rtinchi marta arzonlashtirildi. Tariflar 2017 yil 1 yanvardan 1 Mbit/sekund uchun 91,07 dollar, 6 yanvardan 87,57 dollar, 10 yanvardan 86,85 dollar va 2 fevraldan 86,11 dollarga tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda tariflar 12 marta tushirilgan edi. 2016 yil yanvar oyidan dekabr oyigacha 1 Mbit/sekund uchun 156,24 dollardan 91,50 dollargacha arzonlashtirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston provayderlari uchun internet xizmatlari tarifi arzonlashtirildi