Toshkentda bir vaqtda 8 ta avtomobil to‘qnashdi

Toshkentda bir vaqtda 8 ta avtomobil to‘qnashdi

Kecha, 28 mart kuni Toshkent shahrida 8 ta avtomobil qatnashgan yo‘l-transport fojiasi ro‘y berdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 11:10 larda Chilonzor tumani “Eshonguzar” MFY, Chinni bozor oldida 8 ta mashina – 2 ta Spark, 3 ta Cobalt, 1 ta BYD, 1 ta Matiz va 1 ta Lacetti rusumli avtomobillarning to‘qnashishi natijasida YTH yuz bergan.

YTH oqibatida Cobalt avtomobilning 1 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar