date

“Yashil bilet” orqali tabiatni muhofaza qilish tizimi kengaydi

“Yashil bilet” orqali tabiatni muhofaza qilish tizimi kengaydi

Prezidentning “Yashil makon” umumilliy loyihasini yana-da samarali amalga oshirish uchun yangi farmon qabul qilindi. Unga muvofiq, tabiatni muhofaza qilish va ekologik faollikni rag‘batlantirish maqsadida “Yashil bilet” tizimi joriy etilmoqda. Bu innovatsion sistema yo‘lovchilarga samolyot, poyezd, metro va taksi yo‘nalishlari bo‘yicha harakat qiladigan marshrutning karbon izini aniqlash imkonini beradi hamda foydalanuvchilar marshrutning atrof-muhitga taʼsirini “yashil bilet” xaridi orqali kompensatsiya qilishlari mumkin.

Shuningdek, mahalliy va xorijiy bozorlar uchun ishlab chiqariladigan, saqlanadigan va sotiladigan mahsulotlarning ishlab chiqarish, saqlash va logistika jarayonlarida karbon izi hisoblanadi. Xaridorlar o‘z ixtiyori bilan mahsulotning atrof-muhitga taʼsirini “yashil bilet” yoki bunga mos mexanizmlar orqali kompensatsiya qilishi mumkin. Ushbu mablag‘lar faqat daraxt ko‘chatlari ekish va ularni parvarishlashga yo‘naltiriladi, bu esa ekologik muvozanatni saqlashga ko‘maklashadi.

Farmonda loyihaga hissa qo‘shuvchi fuqarolar va tadbirkorlar ham rag‘batlantiriladi. Kamida 100 daraxt ko‘chati ekish yoki “Yashil xayriya jamg‘armasi”ga 10 million so‘m va undan ortiq mablag‘ hadya qilgan shaxslar ekofaol fuqaro maqomiga ega bo‘ladi. Kamida 1000 daraxt ko‘chati ekishni tashkil qilgan yoki platformaga 100 million so‘mdan ziyod mablag‘ ajratgan tadbirkorlar “Eko-hamkor” maqomi bilan taqdirlanadi. Bu maqom ularga o‘z faoliyatini reklama qilishda huquq beradi.

Shuningdek, 50 mingdan kam bo‘lmagan daraxt ko‘chati ekishni taʼminlagan yoki platformaga 5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ hadya qilgan shaxslarga “Metsenat” unvoni beriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 5 ta va undan ortiq “yashil bog‘” va “yashil jamoat parki”ni o‘z hisobidan barpo qilgan fuqarolar “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Yashil bilet” tizimi nafaqat ekologik barqarorlikni taʼminlaydi, balki fuqarolar va tadbirkorlarni atrof-muhitni muhofaza qilishga faol jalb qilishda ham muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Bu loyiha orqali tabiatni saqlash va yashil makonlarni kengaytirishdagi faollik har birimiz uchun hayotiy ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Yashil bilet” orqali tabiatni muhofaza qilish tizimi kengaydi