date
category ---
Add

Buyuk Britaniyada BYD kompaniyasi sotuvi 880 foizga oshdi

Buyuk Britaniyada BYD kompaniyasi sotuvi 880 foizga oshdi

Xitoyning yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD sentabr oyida Buyuk Britaniyada savdolarini o‘tgan yilga nisbatan 880 foizga oshirganini bildirdi. Kompaniya o‘tgan oyda 11 mingdan ortiq avtomobil sotgan, ularning aksariyati Seal U nomli gibrid SUV modeli bo‘lgan.

Buyuk Britaniya BYD uchun Xitoydan tashqari eng katta bozorga aylandi. Mamlakat Xitoy elektromobillariga boj qo‘llamagan, shu sababli BYD kabi ishlab chiqaruvchilar uchun bu bozor jozibador hisoblanadi.

BYD hozirda Britaniya avtomobil bozorining 3,6 foizini egallab turibdi. Kompaniya yaqin oylar ichida yangi gibrid va elektr modellari chiqarishni rejalashtirgan. Shuningdek, u o‘zining 100-chi savdo markazini ochdi.

So‘nggi oyda Britaniyada elektromobil savdosi rekord darajaga chiqdi. Shunga qaramay, mamlakatda benzin va dizel avtomobillari hali ham yangi mashinalar savdosining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar
Yangiliklar » Buyuk Britaniyada BYD kompaniyasi sotuvi 880 foizga oshdi

Ko'p o'qilgan yangiliklari