Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik buzilishidan (DEHB) aziyat chekayotgan Xanna Kendrik ismli qiz 15 yildan beri har kecha bir xil multfilmni — “Ratatuy”ni tomosha qilib uxlaydi, deb yozadi The Guardian.
Xannaning so‘zlariga ko‘ra, u bolaligidan boshlab uyqu bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. U o‘sha paytlarda singlisi bilan bir xonada yashagan va ular televizorni yoqib uxlab qolishgan. “O‘smirlik davrimda bu menga odat bo‘lib qoldi. Men biror film tanlab, uni haftalar davomida qayta-qayta tomosha qilardim — yangisi chiqmaguncha”, — deydi u.
Uning aytishicha, “Ratatuy” uni tinchlantiradigan multfilmga aylanganining sababi saundtrekda:
“Unda keskin portlashlar yoki qo‘rqinchli sahnalar yo‘q. Faqat oshxona tovushlari — yengil g‘o‘ng‘irlash va vaqti-vaqti bilan idishlarning jaranglashi bor, xolos”.
Bugunga kelib, Xanna 15 yildirki har kecha ushbu Pixar multfilmini yoqadi. Bu odat unga besh daqiqada uxlab qolishga yordam beradi.
“Ba’zan hatto xafa bo‘laman — chunki juda tez uxlab qolaman va filmni to‘liq tomosha qila olmayman. 15 yil davomida har kuni ko‘rsam ham, hanuzgacha tomosha qilinmagan joylari bordek tuyuladi”, — deydi u kulib.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!