7 363
67 yil davomida birga umr kechirgan juftlik 1,5 soatlik farq bilan bir kunda vafot etishdi
Artur va Doroti Xardinglar yigit 24, qiz 21 yoshda bo’lgan paytlari turmush qurishgan edi. Salkam 70 yil birga umr kechirgan er-xotinlar orasida bora-bora telepatik aloqa paydo bo’ldi. Buni muhabbat deya atash kerakmi yoki mo’jiza, biroq juftlik turli kasalxonalarda yotgancha 90 daqiqa farq bilan bir kunda vafot etishdi.
Buyuk Britaniyaning Manchester shtatida istiqomat qilgan juftlik 1950 yilda oila qurishgan. Ular birga kechirgan yillari davomida 2 nafar farzandni dunyoga keltirishdi, 4 nafar nabirali bo’lishdi, 5 ta chevara ko’rishdi va hatto evarali bo’lish arafasida edilar.
Doroti butun umr tekstil fabrikasida mehnat qilib, nafaqaga chiqqandan keyin tikuvchilik bilan ovundi. Artur esa tekstil sohasi bilan bog’liq bo’lgan biznesni boshqarardi.
Ayol salomatligi bilan bog’liq muammolarga duch kela boshladi va yurak hastaligi bilan shifoxonaga yotdi. Biroz o’tib Artur ham o’pka hastaligi sabab kasalxonaga tushib qoldi.
Yangi yil bayrami arafasida ularning ahvoli yomonlashdi. Shunda ularni alohida kasalxonalarga joylashtirishdi. 9 yanvar kuni tongda Artur olamdan o’tdi. Buvisining yonida o’tirgan Rouz esa unga qadrdon turmush o’rtog’ining olamdan o’tgani haqida ma’lum qildi.
“Men unga “Buvi, endi ketsangiz bo’ladi” deb aytdim va o’sha ondan uni hayot alomatlari tark eta boshladi. Oradan yarim soat o’tib esa vafot etdi. Birga o’tkazilgan yillar davomida ular o’rtasida telepatiya yuzaga kelgan ekan...” deydi Rouz Xarding.
Darhaqiqat, bu balki muhabbat, birga o’tkazilgan yillar, hurmat va ishonch sharofati, bir-birisiz yashashni istamagan ikki inson duolarining iоobati, balki Yaratganning ularga ko’rsatgan marhamatidir... Ayolning eridan avvalroq emas, aynan turmush o’rtog’idan keyin vafot etishi, toki uning ketgani ma’lum bo’lmaguncha tinch holda jon bera olmasligida ham o’ziga yarasha ma’no bordir balki...
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi