date

Shahzod Sultonovning to‘y tafsilotlari oshkor bo‘ldi: kelin kim?

Shahzod Sultonovning to‘y tafsilotlari oshkor bo‘ldi: kelin kim?
Foto: Instagram

Aktyor Shahzod Sultonovning uylanayotgani haqida avval xabar berilgan edi. Shuningdek, uning to‘yi 16 iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tishi ham ma’lum qilingan.

So‘nggi kunlarda aktyorning Instagram sahifasiga joylanayotgan videolar muxlislar diqqat markazida bo‘lib kelayotgan edi. Biroq shu paytgacha bo‘lajak kelinning ismi va to‘y qayerda o‘tkazilishi noma’lumligicha qolayotgandi.

Endilikda esa bu sirlar ochildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan taklifnomalarda “Sh va M” harflari aks etgani ko‘pchilikni qiziqtirgan edi. Kuzatuvchilar izohlarda kelinning ismi haqida turli taxminlar bildirishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kelinning ismi Mohinur. Taklifnomalarda esa aniq qilib “Shahzod va Mohinur” deb yozilgani ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

Yana bir ko‘pchilikni qiziqtirgan savol — to‘y qayerda bo‘lishi masalasi ham oydinlashdi. To‘y marosimi “Osiyo Grand” to‘yxonasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, taklifnomalar nafis va zamonaviy dizaynda tayyorlangani, ularning ko‘rkamligi ham alohida e’tibor tortmoqda. Muxlislar esa ijtimoiy tarmoqlarda aktyorga baxt tilab, ushbu quvonchli kunni intiqlik bilan kutayotganini bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzod Sultonovning to‘y tafsilotlari oshkor bo‘ldi: kelin kim?