Tuzatishlar siyosati
«Zamin.uz» aniqlikni eng muhim qadriyatlardan biri deb biladi. Shunga qaramay, har qanday nashrda xatolik yuzaga kelishi mumkin va biz bunga ochiq hamda masʼuliyat bilan yondashamiz. Oʻquvchilar ishonchi biz uchun eng qimmatli boylikdir.
Xato turlari. Xatolar imloviy va uslubiy (kichik), shuningdek faktik — ism, sana, raqam, joy yoki maʼno bilan bogʻliq (jiddiy) boʻlishi mumkin. Har bir tur oʻziga yarasha koʻrib chiqiladi.
Tuzatish jarayoni. Materialda xatolik aniqlangach yoki bu haqda xabar kelgach, muharrir uni tekshiradi. Xato tasdiqlanса, imkon qadar tez va shaffof tarzda tuzatiladi.
Belgilash. Mazmunga taʼsir qiluvchi jiddiy tuzatishlar maqolaning yangilangan sanasi bilan belgilanadi va zarur boʻlganda tuzatish yuzasidan izoh qoldiriladi. Kichik imloviy yoki uslubiy tuzatishlar alohida qayd etilmasligi mumkin.
Materialni olib tashlash. Eʼlon qilingan material faqat istisno hollarda (huquqiy talab, jiddiy xavf yoki qonun buzilishi) olib tashlanadi; odatda biz tuzatishni afzal koʻramiz.
Qanday xabar berish mumkin. Agar siz materialda xato, noaniqlik yoki adolatsizlik sezsangiz, bizga xabar bering — har bir murojaat koʻrib chiqiladi va asosli boʻlsa, qisqa muddatda tuzatish kiritiladi.
Xato haqida xabar berish: info@zamin.uz yoki Telegram: @zaminuzmurojaat.