UzAuto Motors maxsus takliflar yakunlanishini e’lon qildi

«UzAuto Motors» AJ Chevrolet Tracker, Onix, Cobalt va Damas avtomobillari uchun amal qilayotgan chegirma hamda muddatli to‘lov aksiyalari 2026 yil 31 dekabr kuni yakunlanishini ma’lum qildi.
Yil oxiriga qadar Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini 100 foiz oldindan to‘lov asosida xarid qiluvchilarga 47 million so‘mgacha chegirma beriladi. Ushbu taklif 31 dekabrga qadar amal qiladi.
Shuningdek, Chevrolet Tracker, Onix, Cobalt va Damas avtomobillarini bank ishtirokisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish aksiyasi ham shu kuni yakunlanadi. Mazkur taklif doirasida Chevrolet Tracker xarid qilgan mijozlarga 22 million so‘mgacha chegirma taqdim etiladi.
Bundan tashqari, hamkor tijorat banklari orqali 0 foizli muddatli to‘lov asosida Chevrolet Tracker xarid qilish taklifi ham 31 dekabrgacha amal qiladi. Ushbu dastur bo‘yicha ham avtomobil uchun chegirma mavjud.
Aksiya shartlari va to‘lov tartibi haqida batafsil ma’lumotni Chevrolet'ning rasmiy dilerlaridan olish mumkin.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…