date

Zilzila sabab Afg‘oniston elektrsiz qoldi

Zilzila sabab Afg‘oniston elektrsiz qoldi
Afg‘onistonda kechasi sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistondan elektr energiyasi yetkazib beruvchi uzatish tarmoqlarini shikastladi. Natijada Kobul va bir necha viloyatlar elektr energiyasiz qoldi.

Pajhwok axborot agentligi xabariga ko‘ra, texnik guruhlar ta'mirlash ishlarini boshlagan. DABS energiya kompaniyasining ma'lumotiga ko‘ra, Tojikistondan keladigan elektr tarmoqlari ham zarar ko‘rgan.

Bu shimoliy viloyatlarning bir nechasida elektr ta'minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi. Keyinchalik kompaniya Tojikistondan elektr energiyasi uzatish tiklanganini ma'lum qildi.

3-noyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan zilzila Samangan, Balx, Kobul, Bag‘lon, Sari-Pul va Qunduz viloyatlariga ta'sir ko‘rsatdi. Zilzilaning epitsentri Balx viloyatining Xulom tumanida joylashgan edi.

Samangan va Balxda vayronagarchiliklar va insoniy talafotlar qayd etildi. Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, kamida 20 kishi halok bo‘lgan va 320 kishi jarohat olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zilzila sabab Afg‘oniston elektrsiz qoldi