date

2025 yilda dunyodagi eng boy davlat rahbarlari

2025 yilda dunyodagi eng boy davlat rahbarlari

2025 yil holatiga ko‘ra, ayrim davlat rahbarlarining moliyaviy holati jamoatchilik e’tiborini tortmoqda. Turli manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga asosan, quyida dunyodagi eng boy rahbarlar ro‘yxati shakllantirilgan. Unda prezidentlar va davlat boshliqlarining taxminiy boyligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Rossiya prezidenti Vladimir Putin egallab, uning boyligi 258 milliard dollarga baholanmoqda. Ushbu ko‘rsatkich uni dunyodagi eng boy davlat rahbari sifatida qayd etadi.

Ikkinchi o‘rinda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp joy olgan bo‘lib, uning moliyaviy holati 6,1 milliard dollar atrofida ekani aytilmoqda. Undan keyingi o‘rinda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bo‘lib, uning boyligi 5 milliard dollar deb ko‘rsatiladi.

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin 1,5 milliard dollarlik mol-mulk bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan. Beshinchi o‘rinda esa Ekvatorial Gvineya prezidenti Teodoro Obiang Nguyema Mbasogo bo‘lib, uning boyligi 940 million dollarga teng.

Shuningdek, ro‘yxatdan Ilhom Aliyev (Ozarbayjon), Rajab Toyyib Erdog‘an (Turkiya) va Pol Kagame (Ruanda) ham o‘rin olgan bo‘lib, ularning har biri 500 million dollar atrofida boylikka ega ekani qayd etilgan.

So‘nggi o‘rinlarda Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa (450 million dollar) hamda Keniya rahbari Uilyam Ruto (400 million dollar) joy olgan.

Mazkur ro‘yxat turli baholarga asoslangan bo‘lib, u dunyo siyosatchilarining iqtisodiy qudratiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishi tabiiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » 2025 yilda dunyodagi eng boy davlat rahbarlari