
Golden Joystick Awards mukofotining tashkilotchilari 2025-yilning "Eng yaxshi o‘yin"i uchun ovoz berishni boshladi. GamesRadar+ veb-sayti orqali butun dunyo bo‘ylab o‘yinchilar o‘z sevimli loyihalariga ovoz berishlari mumkin.
Nominatsiyalar ro‘yxatiga 12 ta o‘yin kiritilgan bo‘lib, ular orasida 2024-yil dekabr oyida chiqib, o‘tgan yilgi mukofot mavsumiga qo‘shilmagan "Indiana Jones and the Great Circle" o‘yini ham bor. Golden Joystick Awards 2025 tantanali marosimi 20-noyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Tadbirni Resident Evil Village o‘yinidagi Ledi Dimitresku roli bilan tanilgan aktrisa Meggi Robertson olib boradi. G‘oliblar o‘yinchilar va professional tanqidchilar ovozlari asosida aniqlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar