Mastantuono «Real»dagi o'rnini tiklashga bel bog'ladi

Mastantuono «Real»dagi o'rnini tiklashga bel bog'ladi
Qisqacha

Franko Mastantuono «Real»dagi asosiy tarkibdagi o'rnini qayta tiklash uchun kurashni davom ettirmoqda. 18 yoshli futbolchi so'nggi vaqtlarda, jumladan «Sevilya»ga qarshi uchrashuvda ham zaxirada qoldi. U ijara asosida boshqa klubga o'tishni rejalashtirmayapti va murabbiy Xabi Alonso ishonchini qayta qozonmoqchi. «Real» Mastantuononi joriy yil yozida «River Pleyt»dan safga qo'shib olgan edi.

Madridning «Real» klubi hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuono so'nggi vaqtlarda maydonda kam ko'rinmoqda. Shanba kuni 18 yoshli futbolchi «Sevilya»ga qarshi uchrashuvda ham zaxirada qoldi.

O'yin «Real»ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. So'nggi kunlarda matbuotda argentinalik iqtidor egasini ijara asosida boshqa klubga jo'natish ehtimoli haqida mish-mishlar tarqaldi.

Biroq futbolchining o'zi ketishni rejalashtirmayotgani aytilmoqda. Marca nashri ma'lumotiga ko'ra, Mastantuono «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotganidan xavotirga tushmagan.

U murabbiy Xabi Alonso ishonchini qayta qozonish uchun kurashni davom ettirishga qat'iy bel bog'lagan. «Real» Franko Mastantuononi joriy yil yozida safga qo'shib olgandi.

Ispaniyaga ko'chib o'tishidan avval u vatani Argentinada «River Pleyt» safida to'p surgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar