date

KazTransOil O‘zbekistonga neft tranzitini tikladi

KazTransOil O‘zbekistonga neft tranzitini tikladi
Dekabr oyida KazTransOil kompaniyasi O‘zbekistonga neft tranzitini qayta tikladi va Qirg‘izistonga yetkazib berilayotgan neft hajmini oshirdi. O‘zbekiston uchun yetkazib beriladigan neft hajmi 35 ming tonnagacha yetishi kutilmoqda.

Qirg‘izistonga eksport esa joriy yilning noyabr oyida tiklangan edi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha oxirgi marta yetkazib berish 2017 yilda amalga oshirilgan.

Kompaniya 2025 yil oxirigacha Qirg‘izistonga 30 ming tonnagacha neft yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Ikkala yo‘nalish bo‘yicha umumiy yetkazib berish hajmi 65 ming tonnagacha yetadi, shundan 55 ming tonnasi dekabr oyida tashiladi.

Neft KazTransOil magistral quvurlari orqali Shag‘ir neftni qayta yuklash punktigacha yetkaziladi va u yerdan temir yo‘l sisternalariga yuklanadi. Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki o‘n oyida mamlakatga neft va neft mahsulotlari importi 1,7 foizga kamayib, 1,63 milliard dollarni tashkil etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » KazTransOil O‘zbekistonga neft tranzitini tikladi