date

Rossiya va Xitoy samolyotlari Yaponiyani qurshab oldi

Rossiya va Xitoy samolyotlari Yaponiyani qurshab oldi
Yaponiya Mudofaa vazirligi Rossiya va Xitoy harbiy samolyotlari mamlakat yaqinida birgalikda parvoz qilganini ma’lum qildi. Rossiyaning ikki bombardimonchi samolyoti Xitoyning ikki bombardimonchisi bilan uchrashib, birga uzoq masofaga parvoz qilgan.

Parvoz Yaponiya yaqinidagi Okinava va Miyako orollari orasidan o‘tgan. Yaponiya ushbu harakatlarni kuzatish uchun o‘z qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘targan. Shuningdek, Rossiyaning boshqa uchta harbiy samolyoti ham Yaponiyaga yaqin hududda payqalgani aytildi.

Yaponiya mudofaa vaziri bu parvozni mamlakatga bosim o‘tkazish va kuch ko‘rsatish sifatida baholadi. Uning aytishicha, Yaponiya o‘z havo xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rgan.

Janubiy Koreya ham shu kunning o‘zida Rossiya va Xitoyga tegishli bir nechta samolyot o‘z hududi yaqinidan o‘tganini bildirdi. Mutaxassislar fikricha, ikki davlatning bu kabi qo‘shma parvozlarga ko‘proq e’tibor qaratayotgani mintaqada xavotirni kuchaytirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va Xitoy samolyotlari Yaponiyani qurshab oldi