date

Amerikalik yigit uylanib, kutilmaganda so‘nggi Xitoy imperatorining qarindoshiga aylandi

Amerikalik yigit uylanib, kutilmaganda so‘nggi Xitoy imperatorining qarindoshiga aylandi

Reddit’dagi foydalanuvchilardan biri boshidan o‘tgan o‘ta g‘ayrioddiy hikoyani aytib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zini mutlaqo kutmagan holda oxirgi Xitoy imperatori Pu I bilan qarindoshlik bog‘laydigan oilaga “qadam qo‘yib” qolgan. Bu voqea erkak Amerikada tibbiyot universitetida tanishgan xitoylik talabaga uylanishga qaror qilganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan.

Yigit ta’kidlaganidek, to‘ydan bir necha kun oldin kelinning ona tomondan buvisi so‘nggi imperator Pu Ining tug‘ishgan singlisi ekanligi haqida bilgan.

“Unashtirilguncha uning oilaviy tarixi haqida hech narsa bilmas edim. Biz 2000-yillardan beri tanishmiz, u amalda aksentsiz so‘zlar edi. Avvaliga oilasi haqida so‘raganimda, onasi professor, otasi esa Shanxaydagi yirik korporatsiya prezidenti ekani haqida aytardi. Bobosi, buvisi va aniq shajara haqida esa hech qachon ochiq gapirmasdi”, — deydi yigit.

Biroq shohona avlodga mansublik qizga hech qanday moddiy foyda yoki imtiyoz olib kelmagan. Aksincha, 1970-yillarda uning otasi juda qiyin sharoitda, qashshoqlikda tarbiyalangani ma’lum bo‘lgan.

Kelinning oilasida asrab qo‘yilgan bir nechta tarixiy ashyolargina bor: nasl-nasabni tasdiqlovchi hujjatlar, kontrabanda yo‘li bilan saqlab qolingan nefrit tumor, XXR hukumatining 1970-yillarda berilgan reabilitatsiya qog‘ozi, oilaviy xattotlik cho‘tkalari hamda qo‘lda yozilgan saroy uslubidagi oshpazlik kitobi. Yigitning aytishicha, qiz o‘zi kelib chiqqan naslni ko‘z-ko‘z qilish taqiqlangan oila muhitida o‘sgan.

Hozirda turmush o‘rtoqlar 40 yoshdan oshgan va Nyu-York shahrida uch farzandi bilan birga hayot kechirmoqda. Amerikalik kuyov ayni paytda ham bu tasodifiy qarindoshlikni “hayot menga ko‘rsatgan eng kutilmagan burilishlardan biri” deb ta’riflaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik yigit uylanib, kutilmaganda so‘nggi Xitoy imperatorining qarindoshiga aylandi