date

AQSh Green Card olish istagidagi xorijliklarga yangi talab qo‘ydi

AQSh Green Card olish istagidagi xorijliklarga yangi talab qo‘ydi

AQShda Green Card olish tartibiga oid yangi qoida e’lon qilindi. Endilikda immigratsion maqomini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan xorijliklar arizani AQSh ichida emas, balki o‘z davlatida turib topshirishi kerak bo‘ladi.

AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, arizalar Davlat departamentining rasmiy sayti orqali xorijdan yuborilishi lozim. Mamlakatda vaqtincha bo‘lib turgan va doimiy yashash huquqini olishni istagan shaxslar esa vataniga qaytishi talab qilinadi.

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti bu qaror immigratsiya tizimini qonuniy tartibda yuritish va mavjud bo‘shliqlardan foydalanish holatlarini kamaytirishga qaratilganini bildirdi.

Biroq migrantlar va qochqinlarga yordam beruvchi HIAS tashkiloti ushbu siyosatni tanqid qildi. Ularning fikricha, yangi tartib odam savdosi qurbonlari va zo‘ravonlikdan qochgan bolalar uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Green Card olish istagidagi xorijliklarga yangi talab qo‘ydi