Rossiyada bankomatlar internetsiz ham ishlashi mumkin bo‘ladi

Rossiyada bankomat va to‘lov terminallarining mobil internetsiz ham ishlashiga imkon beruvchi texnik yechim ishlab chiqildi. Bu haqda Markaziy bank raisi Elvira Nabiullina ma’lum qildi.
Yangi tizim mobil internet cheklangan yoki o‘chirilgan holatlarda ham bank xizmatlari uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Hozirda banklarni maxsus “oq ro‘yxat”ga kiritish masalasi ham muhokama qilinmoqda.
Ayni paytda ushbu ro‘yxatga “VTB”, “Alfa-Bank”, “PSB”, “MTS Bank” va “Gazprombank” kiritilgan. Jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilib, avval yirik banklar qamrab olinadi.
Avvalroq Moskva aholisi internetdagi uzilishlar sabab bankomat va terminallar ishlamay qolayotganidan shikoyat qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing