date

Shveysariyada aholi sonini cheklash bo‘yicha referendum o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Shveysariyada aholi sonini cheklash bo‘yicha referendum o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Shveysariyada aholi sonini cheklash bo‘yicha referendum o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Tashabbusga ko‘ra, 2050 yilgacha mamlakat aholisi 10 million kishidan oshmasligi kerak.

Hujjatga muvofiq, agar aholi soni belgilangan muddatdan oldin 9,5 milliondan oshib ketsa, hukumat boshpana berish hamda oilalarni birlashtirish bo‘yicha kvotalarni qisqartirishi mumkin bo‘ladi.

Referendum 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Tashabbus muallifi — o‘ng qanot Shveysariya xalq partiyasi bo‘lib, u mamlakatda doimiy yashovchilar soniga cheklov qo‘yuvchi qonun qabul qilishni taklif qilmoqda.

So‘rov natijalariga ko‘ra, uy-joy tanqisligi va infratuzilmaga tushayotgan yuk ortib borayotgani sabab shveysariyaliklarning katta qismi ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Shveysariyada aholi sonini cheklash bo‘yicha referendum o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda