18:53 / 26.02.2018
6 750

Reyting: Muhojirlarga eng yaxshi ish haqi to‘lanuvchi shaharlar

Reyting: Muhojirlarga eng yaxshi ish haqi to‘lanuvchi shaharlar
Ishlash uchun Mumbayga ko‘chib o‘tgan chet ellik menejerlarning o‘rtacha ish haqi 217 ming dollarni tashkil qiladi. HSBC Bank tadqiqot natijalari shundan dalolat bermoqda, deyiladi Bloomberg'da. Tadqiqot mualliflarining fikricha, bu dunyo shaharlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich.

Reytingning ikkinchi va uchinchi o‘rinlari San-Fransisko va Syurix tomonidan band etildi. To‘rtinchi o‘rinda - Shanxay. Bu shaharlarda ekspatlarning o‘rtacha maoshi 200 ming dollardan oshadi. Jeneva, Nyu-York, Los-Anjeles va Jakartada chet ellik mutaxassislarga o‘rtacha 150 ming dollardan ortiq oylik ish haqi to‘lanadi.

Chet ellik muhojirlar uchun o‘rtacha ish haqi ko‘rsatkichi deyarli 100 ming dollarni tashkil qildi. Dublin, Praga, Berlin va Birmingemda ishlovchi ekspatlar maoshi bu ko‘rsatkichdan pastroq bo‘lib chiqdi. London, Parij va Honkongdagi chet ellik menejerlar 100-500 ming dollar atrofida ishlab topishadi.

Tadqiqot davomida 159 mamlakat va hududlardagi 27 mingdan ziyod mutaxassislarning maoshlariga doir ma’lumotlar tahlil qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Reyting: Muhojirlarga eng yaxshi ish haqi to‘lanuvchi shaharlar