14:30 / 17.04.2018
5 986

Rossiyaning eng mashhur siyosatchisi kim?

Rossiyaning eng mashhur siyosatchisi kim?
Rossiyaning «Medialogiya» kompaniyasi «Kommersant» gazetasining iltimosiga ko‘ra OAVda eng mashhur bo‘lgan siyosatchilar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatdan Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, Moskva meri Sergey Sobyanin, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevlar ham o‘rin olgan. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.

Reyting Rossiya prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiyasi oldidan tuzilganligi bois unga davlat rahbari kiritilmagan. Ta’kidlanishicha, mazkur reyting uchun 40 ming federal va hududiy manbalar tahlil qilingan.

Reytingda 629 ming xabar bilan bosh vazir Medvedev yetakchilik qilmoqda. Uning OAVdagi mashhurlik ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan davr dekabr oyiga, bosh vazir Putinni yangi muddatga saylash taklifi bilan chiqqan paytiga to‘g‘ri kelgan. Ikkinchi o‘rinni 322 ming xabar bilan Sobyanin egallagan. Eng mashhur uchlikni muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy yakunladi. U haqda 314 ming marta xabar yozilgan.

Shuningdek, OAVdagi eng mashhur siyosatchilar o‘nligiga Sergey Lavrov (297 ming xabar), Ramzan Qodirov (174 ming xabar), Vidnoye shahar deputatlar kengashi raisi Pavel Grudinin (151 ming xabar) va Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko (109 ming xabar) kiritilgan. Kuchli o‘nlikni esa 105 ming xabar bilan Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko yakunladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning eng mashhur siyosatchisi kim?